
Meksika futbolchisi: "Argentina turnir ma’suliyatini his qilib turibdi"
Irving Losano Argentinaga qarshi bahs oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
"Bizni oldinda jang kutib turibdi. Argentina dunyoning eng yaxshi futblchisi va bir qator ajoyib o‘yinchilar bor. Men uchun eng zo‘ri Lionel Messi.
Ularning tarkibida eng yaxshi klublarda to‘p tepuvchi futbolchilar harakat qiladi. Argentina turnir ma’suliyatini his qilib turibdi va g‘alaba uchun bor kuchini beradi.
Menga eng yaxshilarga qarshi o‘ynash yoqadi. Messiga qarshi harakat qilish esa boshqacha tuyg‘u. Ularning Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvdagi mag‘lubiyat meni hayratlantirdi. Saudiyaliklar o‘z o‘yinini qildi va hammasini yaxshi rejalashtirdi", - dedi Meksika yarim himoyachisi.
Fikrlar