Mbappening o‘rnini kim egallaydi? Bosh murabbiy javob berdi

  • 26 may, 2024, 13:59
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiy Luis Enrike jamoani tark etayotgan Kilian Mbappening o‘rnini kim egallashi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

- Mbappening o‘rnini kim egallaydi? Biz bu masalani butun jamoa bo‘lib, Parijga kelib, tarix yaratishni istaydigan o‘yinchilar bilan birga muhokama qilish orqali hal etmoqchimiz. PSJ o‘ziga xos klub, - dedi Luis Enrike.

Parij klubi rahbariyati 25 yoshli hujumchini jamoada olib qolish uchun oxirigacha kurashdi. Biroq Mbappe o‘z fikrida qat’iy turib, jamoani tark etishini bildirdi.

Kilian Mbappe Parij klubida olti yil to‘p tepdi. Ichki chempionatda bir necha sovrinlarni qo‘lga kiritganiga qaramay, jamoasi bilan xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatlarga erisha olgani yo‘q.

Mbappe Parijdagi faoliyati davomida 256 ta gol urib, klub tarixida eng ko‘p to‘p kiritgan futbolchi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!