
Mbappedan keyin yana bir yil yulduz Frantsiya terma jamoasida o‘ynashdan bosh tortdi
“Real”ning frantsiyalik legionerlari klubni o‘z mamlakati terma jamoasidan ustun qo‘ymoqda. Keyingi paytda Kilian Mbappe Frantsiya terma jamoasida o‘ynashni istamayotgani uchun ko‘p tanqid qilinayotgan edi.
Endi “Qirollik klubi”ning yana bir vakili – Ferlan Mendi Dide Desham boshqarayotgan termada o‘ynashdan bosh tortmoqda.
L’Equipe nashrining ma’lum qilishicha, 29 yoshli futbolchi Evropa chempionati davomida biror marotaba ham maydonga tushirilmagani uchun terma jamoada o‘ynash istagi so‘ngan.
Ferlan umumiy hisobda xalqaro miqyosda to‘qqizta uchrashuvda ishtirok etgan xolos. Mohir himoyachi so‘nggi bor Frantsiya terma jamoasi tarkibida shu yilning iyun oyida Kanada qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida to‘p tepgan edi.
Fikrlar