
Mbappeda ham kamchiliklar etarli
Mashhur Opta portali ajoyib statistik ma’lumotni taqdim etdi. Bilamizki, Frantsiya hujumchisi Kilian Mbappening maydondagi asosiy vazifasi gol urish va sheriklariga bu borada imkoniyat yaratishdir. Zamonaviy futbolda hatto hujumkor o‘yinchilar ham himoya funktsiyalariga ega, ammo bu Mbappega taalluqli emasligi ma’lum bo‘ldi.
Opta mutaxassislari Mbappe joriy jahon chempionatida 477 daqiqa davomida faqat bir marta himoyaga qaytib to‘pni qaytarganini aniqladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kilian o‘rtacha 90 daqiqada 0,19 marta himoya harakatlarini amalga oshirar ekan. Bu turnirning eng yomon ko‘rsatkichidir. Ushbu statistika kamida 150 daqiqani maydonda o‘tkazgan futbolchilar orasidan tuzib chiqilgan.
Eslatib o‘tamiz, Mbappe boshliq Frantsiya 18 dekabr kuni Argentinaga qarshi finalda maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da start oladi.
Fikrlar