
Mbappe "Real"ning asabiga tegishda davom etmoqda
PSJ "Monako" yarim himoyachisi Orelen Chuameni bilan shartnoma imzolash niyatida.
"AS" nashrining "Le Parisien"ga tayanib bergan xabariga ko‘ra, parijliklarning bo‘lajak sport direktori Luis Kampos transferni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Muzokaralar jarayonida Kilian Mbappe ham ishtirok etib, 22 yoshli frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashni rahbariyatdan so‘ramoqda.
Ma’lumot uchun, avvalroq, Chuameni 80 million evro evaziga "Real"ga o‘tishga rozi bo‘lgani haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar