
Mbappe "Real"ni tanlaydimi yoki Frantsiya terma jamoasinimi?
Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe o‘zi uchun yaqin kelajakdagi ustuvor vazifalarni belgilab oldi. GFFN xabariga ko‘ra, 25 yoshli hujumchi o‘z etiborini Frantsiya terma jamoasiga emas, "qirollik klubi"ga qaratmoqchi.
Mbappe yaqin oylar ichida "Real"dagi o‘yinini yaxshilash istagida. Kilian madridliklar undan kutayotgan o‘yinidan ham yaxshiroq harakat qilmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Kilian bosh murabbiy Dide Desham qarori bilan Frantsiya terma jamoasining noyabr oyidagi yig‘iniga chaqirilmadi.
Mbappe "Real" safiga shu yoz PSJdan ko‘chib o‘tdi. U joriy mavsum Ispaniya chempionatida jami 11 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 6 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. "Real" esa La Liga turnir jadvalida "Barselona"dan so‘ng ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar