
Mbappe “Real”ga qaysi o‘yinchini olishni aytdi
“Real” etakchisiga aylanib borayotgan Kilian Mbappe klub rahbariyatiga o‘zi yaxshi bilan yana bir frantsiyalik futbolchini transfer qilishni maslahat berdi.
Kilian hozir “Arsenal”da o‘ynayotgan Vilyam Saliba jamoada o‘ynashini istayapti.
Defensa Central nashrining yozishicha, Mbappe “kanonirlar” markaziy himoyachisi yozgi transferlar vaqtida jamoaga qo‘shilishi kerakligini ta’kidlayapti.
Vilyam Saliba Evropaning eng kuchli markaziy himoyachisi hisoblanadi. 23 yoshli futbolchi 80 million evroga baholanmoqda.
“Arsenal” o‘z himoya chizig‘i etakchisini osonlikcha qo‘yib yubormaydi. Londonliklar frantsiyalik futbolchi bilan 2027 yilning yarmigacha tuzilgan shartnomani yanada uzoq muddatga uzaytirishga harakat qilyapti.
Fikrlar