
Mbappe: “Oltin to‘p”ni uyiga o‘zim olib borib beraman!
Frantsiya terma jamoasi va “Real” hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yilgi “Oltin to‘p” sovriniga qaysi futbolchi loyiq ekani haqida fikr bildirdi.
- “Oltin to‘p” sovriniga Usmon Dembele munosib. Agar hamma narsa menga bog‘liq bo‘lganida, bu sovrinni uning uyiga shaxsan o‘zim olib borib berardim.
Umid qilamanki, Ashray Hakimi ham yuqori baholanadi. U tarixiy mavsumni o‘tkazdi.
Lamin Yamal haqida nima deyish mumkin? U juda yaxshi futbolchi, lekin men u haqida biror fikr bildira olmayman, chunki Lamin “Barselona” a’zosi, - dedi Kilian Mbappe.
Usmon Dembele o‘tgan mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 53 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 35 ta gol va 16 ta assist yozdirib qo‘ydi. Uning samarali o‘yini parijliklarga Frantsiya chempionati, mamlakat kubogi va Superkubogi, tarixda ilk bor Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrinini keltirdi.
Fikrlar