
Mbappe kelsa, bosh murabbiyga muammo tug‘diraman!
“Real”da to‘purarlik mahoratini namoyish qila boshlagan Rodrigo Madrid klubiga Kilian Mbappe kelishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
Aksariyat mutaxassislar 25 yoshli frantsiyalik to‘purarning kelishi braziliyalik futbolchining jamoadagi o‘yin vaqtiga ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Qolaversa, Mbappe Rodrigoning boshqa klubga o‘tib ketishiga sababchi bo‘lishi aytilmoqda.
- Mbappe “Real”ga o‘tyaptimi? Jurnalistlar aytayotganidek, bu juda yaqin, men esa sizlarning gapingizga ishonaman. Lekin bu transfer amalga oshadimi yoki yo‘q, bunisini aniq bilmayman.
Kilian kelsa, men zaxira o‘rindig‘iga mixlanamanmi? Kimni o‘ynatish borasida bosh murabbiyga muammo tug‘diraman. Men bor e’tiborimni “Real”ga qaratganman, - dedi Rodrigo Goes.
Ayrim ommaviy axborot vositalarining ta’kidlashicha, Mbappe “Qirollik klubi” bilan 2029 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma tuzgan.
Unga ko‘ra, hujumchi mavsum yakunlanganidan keyin Madridga ko‘chib o‘tishi kutilmoqda. Hatto “Real” klubi futbolchiga 9-raqamni ajratib qo‘ygani haqida ma’lumotlar bor.
Fikrlar