
Mbappe buyuklar qatoriga qo‘shildi
Chempionlar ligasi nimchorak finalning dastlabki uchrashuvida “Barselona” darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan Kilian Mbappe “Pari Sen-Jermen” to‘purarlari reytingida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Xet-trikdan so‘ng, yosh hujumchining parijliklar safida urgan gollari soni 111 taga etdi va u 109 ta gol bilan uchinchi o‘rinda turgan Pauletani ortda qoldirdi.
PSJ tarixida eng ko‘p gol urgan Edinson Kavani raqiblar darvozasini jami 200 marotaba aniq nishonga olgan. Ikkinchi o‘rindagi Zlatan Ibrohimovich hisobida 156 ta gol bor.
Fikrlar