Mbappe aybni o‘z bo‘yniga oldi

  • 5 dekabr, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya chempionatining 19-turida “Real” futbolchilari safar uchrashuvida “Atletik”dan 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, qimmatli uch ochkoda mosuvo bo‘ldi.

Tecno

O‘yinda Kilian Mbappe penaltidan to‘p kirita olmadi.

Uchrashuvdan keyin frantsiyalik yulduz mag‘lubiyat uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

- Juda yomon natija. Har bir maydo detal muhim ahamiyat kasb etadigan uchrashuvda katta xatoga yo‘l qo‘ydik. Buning uchun bor aybni bo‘ynimga olaman.

Ayni paytda juda og‘ir damlarni boshdan o‘tkazyapman. Lekin bu men vaziyatni o‘zgartirishim va nimalarga qodirliginim ko‘rsatishim kerak bo‘lgan payt, - dedi Kilian Mbappe.

Yozda erkin agent sifatida “Real”ga o‘tgan 25 yoshli to‘purar tanqib va bosim ostida qolmoqda. Mbappe Chempionlar ligasi doirasida ham “Liverpul” darvozasini 11 metrlik nuqtadan ishg‘ol qila olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!