
Mayk Tayson sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar haqida: Vaziyat shu darajaga etib boradiki, hatto gapira olmay qolaman
Boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson asablarning zo‘riqish sindromi kasalligi bilan og‘rishini ma’lum qildi.
“Men vaqti-vaqti bilan bu kasallikga duchor bo‘lyapman. U kuchaygan payt, hatto gapira olmay qolaman!
Xudoga shukur, bu mening sog‘lig‘imdagi yagona muammo. Hozir yaxshiman”, - dedi 56 yoshli Tayson.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq internetda Taysonning nogironlik aravachasida tushgan surati paydo bo‘lgan edi.
Fikrlar