Maydonda – havaskorlar!

  • 24 may, 2022, 13:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tizimidagi tashkilotlarda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning bo‘sh vaqtlarini unumli o‘tkazish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratish maqsadida futbol bo‘yicha AOKA kubogi va ayollar o‘rtasida badminton musobaqasi o‘tkazildi.

Tecno

Musobaqada Agentlik markaziy apparati hamda tizim tashkilotlari jamoalari qatnashishdi.
Musobaqaning muhim o‘yinlarida Agentlik va «O‘zbekiston nashriyoti» DK, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi hamda Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz jamoalari qatnashdi.

Turnirni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Dilshod Saidjanov ochib berdi va jamoalarga omad tiladi.

Keskin va murosasiz o‘tgan musobaqada Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markaz jamoasi birinchi o‘rinni, Agentlik jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin kutubxonachilarga nasib etdi.

Shuningdek, badminton musobaqalari ham shiddatli va teng kurashlarga boy o‘tib, ayol xodimlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

photo_2022-05-21_17-23-38

IMG_7374

IMG_7378

G‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!