Masharipov o‘ynayotgan jamoaga yangi murabbiy tayinlandi

  • 5 dekabr, 2021, 21:46
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Al-Nassr" klubiga rasman yangi murabbiy tayinlandi. Bu haqda riyodliklar matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Manbaning yozishicha, argentinalik mutaxassis Russo Migel Anxel jamoani boshqaradi. Murabbiyning so‘nggi ish joyi "Boka Xuniors" hisoblanadi. Argentina jamoasi Migel boshchiligida 2019/20 yilgi mavsumda Argentina Superligasi g‘olibi bo‘lgandi. 

Eslatib o‘tamiz, "Al-Nassr" 13-turdan so‘ng 11ta o‘yin o‘tkazgan holda Saudiya chempionatida 17 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!