Masharipov chempion bo‘ladimi yoki O‘runov?

  • 14 aprel, 2024, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy yilning boshida uch nafar o‘zbek futbolchisi – Jaloliddan Masharipov, Oston O‘runov va Davron Tursunov Eron klublari bilan shartnoma imzolagan edi.

Tecno

Aslida Eron xorijdan kam o‘yinchi oladigan mamlakat hisoblanadi. Yuqori divizionda qatnashayotgan 16 ta jamoa jami 477 ta futbolchini qaydnomadan o‘tkazgan va ularning atigi 35 nafari o‘zbek futboli maktabi tarbiyalanuvchilaridir.

Eng ko‘p legioner Braziliyadan – 7 nafar. Iroq vakillaridan olti nafari Eronda to‘p suradi. Legioner soni bo‘yicha O‘zbekiston uchinchi o‘rinda bormoqda.

Xo‘sh, Eron chempionatidagi legionerlarimizning ishlari qanday ketyapti?

Jaloliddin Masharipov va Oston O‘runov chempionlik uchun kurashayotgan jamoalar – “Istiqlol” va “Persepolis” klublari sharafini himoya qilmoqda. Dostonbek Tursunov esa,  “Istiqlol Xuziston”ni Eron Professional ligasida olib qolishga yordam beryapti.

Chempionatning navbatdagi turi legionerimiz jamoalari uchun omadli keldi. “Istiqlol” futbolchilari safar uchrashuvida “Alyuminiy” jamoasini 1:0 hisobida engib qaytdi va ochkolari sonini 50 taga etkazib, birinchi o‘rinni egallab turibdi.

“Persepolis” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida “Malavan”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va “Istiqlol”dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda. Chempionlik asosan mana shu ikki klub o‘rtasida kechadi. Demak, mavsum oxirida yo Jaloliddin Masharipov yoki Oston O‘runov Eron chempioni bo‘ladi.

“Istiqlol Xuziston” ligada qolish uchun raqobatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi “Sanat Naft” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Doston Tursunov jamoasi xavfli hudud – so‘nggi ikki pog‘onada turgan “Sanat Naft” va “Nassadji”dan uch ochkoga ilgarilab ketishga muvaffq bo‘ldi.

“Istiqlol”ning eng qimmatbaho legioneri hisoblangan Jaloliddin Masharipov Pro-ligada ettita uchrashuvda maydonga tushib, bittadan gol va assist muallifi bo‘ldi.

“Persepolis” tarkibidagi eng qimmatbaho o‘yinchi bo‘lib turgan Oston O‘runov chempionatda etti bahsda o‘z hisobiga ikkita gol yozdirib qo‘ydi va jamoasiga katta yordam berib kelmoqda.

Bugungi kunda transfer summasi 500 ming evroni tashkil qilayotgan Dostonbek Tursunov “Istiqlol Xuziston”ning eng qimmat o‘yinchisi sanaladi.

Legionerimiz ham Eronga kelganidan beri jami ettita bellashuvda ishtirok etdi. Uning asosiy vazifasi markaziy himoyachi sifatida mudofaa chizig‘ini mustahkam ushlash hisoblanadi.

Husanovni asosiy tarkibdan chiqarilgani sababi ma’lum bo‘ldi. Gap terma jamoada emas!

TsSKA “Lokomotiv”ni yutadi, chunki ularda Fayzullaev bor!Husanov eng tezkor, Shomurodov qahramon, Yaxshiboev eng zo‘ri...

Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!