
Marmush: "Biz o‘zimizni katta oiladek his qilamiz"
"Manchester Siti" hujumchisi Umar Marmush jamoa ichidagi muhit haqida gapirdi.
"Biz juda ko‘p vaqtni birga o‘tkazamiz — nonushta, tushlik, kechki ovqat paytida hammamiz birdammiz. Mashg‘ulotlar va o‘yinlar orasidagi bo‘sh vaqtni ham birga o‘tkazamiz. Bu jamoaviy ximiyani kuchaytiradi va o‘zimizni katta oiladek his qilishimizga yordam beradi" — dedi deya aytib o‘tdi misrlik hujumchi "City Xtra" nashriga.
26 yoshli futbolchi joriy yil yanvarda "Siti"ga qo‘shilgan va shu paytgacha 24 ta o‘yinda 8 gol va 3 assist qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, 1 iyul kuni "shaharliklar" Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 1/8 finalida "Al-Hilol"ga qarshi maydonga tushadi. Bo‘lajak to‘qnashuv esa Toshkent vaqti bilan 06:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar