
Markaziy o‘yinda assist qayd etgan Shomurodovning o‘yini necha ballga loyiq ko‘rildi?
Italiya A Seriyasi 34-turidan o‘rin olgan "Inter" va "Roma" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 3:1 hisobida zafar quchdi.
Rimliklar safida harakat qilayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov 78-daqiqada Abraxam o‘rniga maydonga tushdi. 85-daqiqada aynan hamyurtimizning uzatmasidan keyin Mxitaryan hisobni qisqartirdi.
Statistika bilan shug‘illanuvchi "Whoscored" portali uchrashuvda ishtirok etgan futbolchilarni baholadi. Assist qayd etgan Shomurodov 6,7 balga loyiq ko‘rildi.
Fikrlar