Mareska: "Liverpul"ni quvib etish juda qiyin bo‘ladi"

  • 23 sentabr, 14:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska chempionlik poygasi borasida xavotirlanmoqda. 

Tecno

"Agar ular shu tarzda davom etsa, nafaqat biz, balki boshqa klublar ham ularni quvib eta olmaydi deb o‘ylayman. Ular o‘tgan yildan beri fantastik ish olib borishmoqda. Xarid qilgan futbolchilari ham jamoaning yana APL va Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashish niyati borligini yaqqol ko‘rsatmoqda", – dedi Mareska "The Guardian" nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Arne Slot qo‘l ostidagi "Liverpul" barcha 5 ta o‘yinda g‘alaba qozonib, yaqin ta’qibchisidan 5 ochko uzoqlashib oldi. "Chelsi" esa "Brentford" (2:2) bilan durang va "Manchester Yunayted"dan (1:2) engilib, liderdan 7 ochko ortda qolmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, 23 sentyabr kuni "Chelsi" Angliya Liga Kubogida "Linkoln Siti"ga qarshi bahs olib boradi. Uyin Toshkent vaqti bilan 23:45'da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!