
"Manchester Yunayted"ga yarim himoyachi kerak
MYu yozgi transferlar oynasida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Shu boisdan, klub yangi mavsum avvalida bir qator futbolchilarni sotib olishga harakat qiladi.
Hozircha "qizil iblislar" uchun asosiy nomzod "Lester" futbolchisi Yuri Tilemans hisoblanadi. "Tulkilar" belgiyalik iste’dod sohibi uchun 40 million evro so‘ramoqda.
24 yoshli Tilemans ham jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. U Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klub safida to‘p tepmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, Yuri Tilemans ushbu mavsum APLning 16 uchrashuvida 5 gol va 2 assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar