"Manchester Yunayted"da vaziyat jiddiy! 17 nafar futbolchi jamoasini o‘zgartirmoqchi

  • 6 yanvar, 2022, 21:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted"da vaziyat keskinlashmoqda. Daily Mail xabariga ko‘ra, jamoaning 17 nafar futbolchisi o‘z holatidan norozi va jamoasini o‘zgartirmoqchi.

Tecno

E’tiborlisi, bu futbolchilar orasida Pol Pogba, Antoni Marsyal, Jessi Lingard, Edinson Kavani va Donni van de Bek kabi futbolchilar bor.

Eslatib o‘tamiz, jamoani yaqinda germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik o‘z qo‘liga olgan edi. “Manchester Yunayted” o‘tgan davr mobaynida nemis murabbiyi qo‘l ostida 6 ta o‘yin o‘tkazdi va ularning 3 tasida g‘alaba qozondi, 2 tasida durang qayd etdi va 1 tasida mag‘lub bo‘ldi.

Ayni vaqtda “Manchester Yunayted” Angliya premer-ligasi turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.

Bundan avvalroq bosh murabbiy Ralf Rangnik tufayli 11 nafar futbolchi MYudan ketmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!