
"Manchester Yunayted"da tarixiy voqea
Angliya premer-ligasining 35-turida “Sautgempton” darvozasini ishg‘ol qilgan Antoni Marsyal manchesterliklar tarkibida o‘ynagan eng zo‘r to‘purarlar ro‘yxatiga 10 bo‘lib qo‘shildi.
Ushbu ro‘yxat “Manchester Yunayted” tarkibida Angliya premer-ligasida gol urish bo‘yicha 50 talik marradan o‘tgan o‘yinchilardan tarkib topgan.
Shu kunga qadar, manchesterliklar jamoasida jami to‘qqiz kishi - Devid Bekxem (62), Erik Kantona (64), Krishtianu Ronaldu (84), Ule Gunnar Sulsher (91), Endryu Koul (93), Rud van Nistelroy (95), Pol Skoulz (107), Rayan Giggz (109) va Ueyn Runi (183) 50 tadan ko‘p gol urgan edi.
Fikrlar