
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi "Roma"ga o‘tishi mumkin
"Manchester Yunayted" futbolchisi Donni Van de Bek mazkur yozda klubni tark etishi mumkin. 26 yoshli yarim himoyachining keyingi manzili "Roma" bo‘lish ehtimoli mavjud. "Qizil iblislar" uni ijarga berishni o‘ylamoqda
Di Martsio xabar berishicha, rimliklar futbolchining transferini asosiy maqsad qilib olmagan. Van de Bek yakuniga etgan mavsumni MYuda o‘tkazdi. U jarohat sabab klubning ko‘plab o‘yinlarini o‘tkazib yubordi va hali ham tiklanish jarayonida.
Eslatib o‘tamiz, Donni "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha davom etadi.
Fikrlar