“Manchester Yunayted” umuman rasmiy uchrashuvda o‘ynamagan darvozabonni olyapti

  • 15 iyul, 2024, 20:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” skautlari Avstraliyadan yangi iste’dod egasini topib keldi. Manchesterliklar 17 yoshli Robert Kukni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha ish boshladi.

Tecno

Robert “Pert Glori” jamoasi a’zosi hisoblanadi.  Qizig‘i shundaki, iste’dodli golkiper asosiy jamoa safida hadi birorta rasmiy uchrashuvda ishtirok etmagan bo‘lsa-da, “Manchester Yunayted” uni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.

“Yunayted”ning harakatlari Angliyaning boshqa klubi – “Sanderlend”ni xavotirga solib qo‘ydi. Bu jamoa vakillari kelasi mavsumgacha Kukni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni rejalashtirayotgan edi.

Agar Kuk manchesterliklarni tanlasa, bu jamoa bilan “Pert Glori”ni bog‘lagan ikkinchi o‘yinchiga aylanadi. Chunki o‘tgan oyda “Yunayted” Avstraliyaning mazkur klubidan jamoasidan o‘ng qanot himoyachisi Jeyms Overini olib kelgandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!