
"Manchester Yunayted" Ten Xagning o‘rniga uchta nomzod topdi
"Manchester Yunayted" Erik ten Xag o‘rniga uchta nomzod topib qo‘ydi. Qoniqarsiz natijalar sabab joriy mavsum yakunida 54 murabbiy mankunianliklar safini tark etishi mumkin.
"Manchester Yunayted"ning 25 foiz aktsiyasiga egalik qiluvchi Ineos kompaniyasi hali niderlandiyalik mutaxassisning kelajagi borasida bir qarorga kelmagan. Biroq Roberto De Zerbi ("Brayton"), Garet Sautgeyt (Angliya terma jamoasi) yoki Tomas Frank ("Brentford") variantlarini ko‘rib chiqmoqda, deya xabar beradi "ESPN".
Eslatib o‘tamiz, "qizil iblislar" 27-turdan so‘ng 44 ochko jamg‘argan holda 6-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar