"Manchester Yunayted" "Rostov" legionerlarini kuzatmoqda

  • 14 iyun, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” Eldor Shomurodov bilan birga “Rostov”da o‘ynayotgan Matias Normannga qiziqishda davom etmoqda.

Tecno

Ayni paytda manchesterliklar yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish uchun Donni van de Bek («Ayaks»), Jek Grilish («Aston Villa»)  va Saul («Atletiko») variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Lekin pademiyadan keyingi iqtisodiy inqiroz tufayli aksariyat klublar singari “Manchester Yunayted” ham qimmat transferlardan tiyilishi mumkin.

Shuning uchun jamoa bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsher “Molde”da uning qo‘l ostida o‘ynagan Matias Normanni ham nazardan qochirayotgani yo‘q. “Rostov” bu futbolchisi uchun 15-20 million funt olishni ko‘zlamoqda.

Avvalroq, “Rostov” hujumchisi Eldor Shomurodovga Rossiya chempionligini ko‘zlayotgan “Zenit” taklif bo‘layotgani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!