"Manchester Yunayted" rahbariyati Mata kelajakda ham jamoada faoliyat olib borishini xohlashmoqda

  • 2 aprel, 2019, 16:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” klubi hamon jamoa yarim himoyachisi Xuan Mata bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erisha olmayapti.

Tecno

Manchester Eveining News nashri tarqatgan xabarga ko‘ra MYu rahbariyati ispaniyalik futbolchining qaysarligiga qaramay u faoliyatini yakunlagach aynan “Manchester Yunayted” elchisi bo‘lishini xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mataning mankuanliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida o‘z nihoyasiga etadi. Ammo, tomonlar hozircha ushbu shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olishmadi. Gap shundaki, Mata “qizil iblislar”dan 2 yillik shartnoma taklif qilishlarini so‘ramoqda, ammo ular futbolchining 30 yoshdan oshganini inobatga olib faqatgina 1 yillik kelishuv taklif qilishmoqda.

Ma’lumot uchun, Xuan Mata joriy mavsum “Manchester Yunayted” safida jami 39ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblari darvozasiga 6ta gol urishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!