“Manchester Yunayted” rahbariyati “Barselona”dan futbolchi so‘radi

  • 29 avgust, 2023, 16:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” mutasaddilari shoshilinch ravishda chap qanot himoyachisi topishga harakat qilmoqda. Lyuk Shou jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqanidan keyin Erik ten Xag himoya chizig‘ini yangi o‘yinchi bilan mustahkamlamoqchi.

Tecno

Ispaniyaning Sport nashri xabariga ko‘ra, manchesterliklar “Barselona”ga 32 yoshli himoyachi Markos Alonsoni so‘rab rasmiy taklif yuborgan.

“Manchester Yunayted” Angliya Premer-ligasida o‘ynash tajribasiga ega futbolchini ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Alonso o‘z davrida “Bolton” va Chelsi”da to‘p tepgan.  

Alonsoning oldida boshqa variantlar borligi aytilmoqda. Kataloniyaliklar undan Joau Felishning transferida foydalanmoqchi. “Atletiko” hujumchisi Kataloniyaga ko‘chib o‘tishni istayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!