
"Manchester Yunayted" Portugaliya terma jamoasi posbonini sotib olmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi "Portu"dan darvozabon Diogu Koshtani sotib olmoqchi. Bu haqda "Correio da Manha" nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, "qizil iblislar" posbonni qo‘lga kiritishni istasa, uning shartnomasida ko‘rsatilgan 65 million funt sterlingga teng tovon pulini to‘lashi kerak bo‘ladi. Biroq manchesterliklar bu summani juda ko‘p, deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Koshta Qatarda o‘tgan mundialda Portugaliya termasi asosiy darvozaboni bo‘ldi. U o‘tkazilgan 5 bahsda o‘z darvozasidan 6 ta to‘p olib chiqdi.
Fikrlar