
"Manchester Yunayted" "Napoli"ning ikki futbolchisiga ko‘z tikkan
Angliyaning "Manchester Yunayted" jamoasi "Napoli"ning ikki futbolchisiga jiddiy e’tibor qaratmoqda.
"Tuttomercatoweb" nashrining xabariga ko‘ra, ingliz klubi skautlari "Napoli"ga qarshi o‘yinda vinger Xvicha Kvaratsxeliya va himoyachi Alessandro Buonjornoning o‘yinlarini e’tibor bilan kuzatishgan.
Buonjorno uchun neapolliklar taxminan 70 million evro atrofida pul so‘rashlari mumkin. Gruziyalik vingerning potentsial qiymati esa, hozircha aniq bir summa ko‘rsatilmayabdi. Chunki, ayni damda Xvicha italyan klubi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda va yiliga naqd 8 million evro maosh so‘ramoqda. Uning hozirgi kundagi maoshi esa, 1,8 million evro bo‘lib turibdi.
Agar yangi shartnoma imzolansa, Xvichaning tovon puli miqdori taxminan 100 million evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Fikrlar