
"Manchester Yunayted" ispaniyalik xavbekni nishonga oldi
"Manchester Yunayted" ispaniyalik hujumkor yarim himoyachi Dani Olmoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Kristian Falk ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Dani Olmo 3 yil avval "Dinamo" Zagrebdan nemis klubiga o‘tgan edi. O‘shandan beri ispaniyalik futbolchi "buqalar" safida 109 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol va 24 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Leyptsig" Olmoni qo‘yib yubormoqchi emas, sotgan taqdirda ham taxminan 70-75 million evro ishlab olmoqchi. "Transfermarkt" portali 24 yoshli futbolchini 40 million evroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Dani Ispaniya terma jamoasi safida 29 ta o‘yin o‘tkazishga ham ulgurdi va o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar