
“Manchester Yunayted” hujumchini olib qoladigan bo‘ldi
“Manchester Yunayted” rahbariyati o‘tgan mavsum davomida frantsiyalik hujumchi Antoni Marsyal borasida fikrini bir necha marotaba o‘zgartirdi.
Avvalgi bosh murabbiy Ralf Rangnik 26 yoshli forvarddan qutilish maqsadida mavsumning ikkinchi yarmida uni “Sevilya”ga ijaraga berib yubordi.
Manchesterliklarning yangi ustozi Erik ten Xag Antoniga katta ishonch bildirmoqda. Niderlandiyalik mutaxassis klub xo‘jayinlaridan uning shartnomasini uzaytirishni talab qilyapti.
Aslida Marsyalning bitimi 2024 yilning yarmigacha davom etadi. Klub unga yana ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnoma tayyorlyapti.
Fikrlar