
"Manchester Yunayted" himoyachisi "Vest Xem" klubi bilan shartnoma imzoladi
"Qizil iblislar"ning o‘ng qanot himoyachisi Aaron van Bissaka jamoani tark etdi. Futbolchi APLning boshqa bir klubi Londonning "Vest Xem" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.
Transfer summasi 15 million evro bo‘lib, shartnoma 2031 yilgacha mo‘jallangan.
Eslatib o‘tamiz, Aaron van Bissaka manchesterliklar safida 190 ta o‘yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchi 2019/20 yilgi mavsum yakunida "Kristal Pelas" klubidan "Qizil iblislar" safiga kelib qo‘shilgan edi.
Fikrlar