
"Manchester Yunayted" ettita futbolchisi bilan xayrlashadi
"Manchester Yunayted" rahbariyati yozgi transferlar oynasida qaysi futbolchilarni sotib yuborishi ma’lum bo‘ldi.
Jurnalist Saymon Mallokning xabar qilishicha, "qizil iblislar" hozirda ijara asosida to‘p tepayotgan Antoni, Markus Reshford, Tirell Malasia va Jeydon Sanchoni sotib yuborishmoqchi. Bundan tashqari klub hozirda asosiy tarkibdan joy olgan Andre Onana, Kazemiro va Alexandro Garnacho bilan xayrlashmoqchi.
Onana va Kazemiroga Saudiya klublari xaridor, Garnachoga esa, "Napoli" qiziqmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, MYu Reshford transferidan 58 million, Antonidan esa 35 million evro foyda ko‘rmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, bugun 13-aprel APL doirasida "Nyukasl" mehmoni bo‘ladi.
Fikrlar