
"Manchester Yunayted" ertaga yangi hujumchi bilan shartnoma imzolaydi
Manbaning ma’lumot berishicha, PSJ sobiq hujumchisi Edinson Kavani ertaga Manchesterga uchib keladi. Katta ehtimol bilan, hujumchi mankunianlar bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekadi.
Shuningdek, 33 yoshli urugvaylik futbolchiga Xitoyning "Shanxay Shenxua"sidan ham taklif bo‘layotgandi.
Kavani 2013 yildan beri parijliklar safida 301 ta o‘yinda maydonga tushib, 200 ta gol urishga erishgan.
Fikrlar