
"Manchester Yunayted" De Xeaga o‘rinbosarni Premer-ligada topdi
"Manchester Yunayted" darvozaboni De Xeaning kelajagi so‘roq ostida turibdi. Uning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. Ispaniyalik posbonning klub bilan bitimni yangilash borasida mish-mishlar mavjud emas. Shunday ekan, futbolchi "qizil iblislar"ni tark etishi ham mumkin.
"Mirror" nashri xabar berishicha, De Xea ketsa, uning o‘rniga Ten Xag "Everton"dan Jordan Pikfordni sotib olishni istaydi. 29 yoshli ingliz "irislar"ning asosiy darvozaboni hisoblanadi. U kuboklar uchun harakat qiladigan jamoa safiga borib qo‘shilishga qarshi emas.
"Manchester Yunayted" yozda bir qancha transferlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Klubning asosiy maqsadlaridan biri hujumchi sotib olishdir.
Fikrlar