“Manchester Yunayted” darvozaboni Onana bir sutkida ikkita o‘yin o‘tkazadi

  • 7 yanvar, 2024, 09:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” rahbariyati 14 yanvar kuni “Tottenxem”ga qarshi bo‘ladigan o‘yin oldidan asosiy darvozabon Andre Onanani Kemerun terma jamoasiga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan edi.

Tecno

O‘tkazilgan muzokaralar natijasida tomonlar bir to‘xtamga keldi.

Unga ko‘ra, Onana 14 yanvar kuni jamoasining “Tottenxem”ga qarshi o‘tkazadigan uchrashuvida jamoa darvozasini qo‘riqlaydi va o‘yindan keyin darrov terma jamoa ixtiyoriga uchadi.

Kamerun terma jamoasi Afrika Millatlari kubogi musobaqasining guruh bosqichida Gviney terma jamoasi bilan raqobatlashishi rejalashtirilgan. Bu uchrashuv 15 yanvarga belgilangan.

Shu tariqa, Andre Onana 24 soat ichida ketma-ket ikkita bellashuvda qatnashadigan bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!