
"Manchester Siti"ning 4 nafar futbolchisi safga qaytdi
"Manchester Siti" klubining bir qator futbolchilari jarohatidan sog‘ayib, mashg‘ulotlarga qo‘shildi.
Klub rasmiy tvitterining xabar berishicha Vensan Kompani, Jon Stounz, Fernandino va Kevin de Bryuynelar yana jamoaga yordam berishga tayyor.
Bundan tashqari, tez orada Benjamen Mendining ham safga qaytishi aytilmoqda. Hozircha faqatgina Klaudio Bravo va Fabian Delf lazaretda qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda APL musobaqa jadvalida “Liverpul”dan so‘ng 2-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar