"Manchester Siti" va MYu bitta futbolchi uchun kurashmoqda
"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" "Baiya" hujumchisi Dell uchun raqobatlashmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri ma’lum qildi.
Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, "shaharliklar" yosh iste’dod uchun kurashda "qizil iblislar"dan ancha oldinga chiqib olishgan. Futbol mutaxassislari 17 yoshli hujumchini Erling Holandga taqqoslashmoqda. Dell hozirda City Group tarkibiga kiruvchi "Baiya"ning U-20 jamoasi tarkibida harakat qiladi.
Dell kelasi yozda 18 yoshga to‘lgach, Evropa klubiga o‘tishi mumkin. Biroq "Siti" forvard bilan 2026 yilning boshidayoq shartnoma imzolashga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi joriy mavsum "Baiya" U-20 safida 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol kiritgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar