
“Manchester Siti”: Shu yulduzni qo‘ldan chiqarmaylik!
“Manchester Siti” bosh murabbiy Xosep Gvardiola tomonidan jamoaga yangi sardor etib tayinlangan Bernardu Silvaning kelajagi bo‘yicha bir qaror keldi.
Portugaliyalik yulduzning klub bilan shartnomasi mavsus oxirida yakunlanadi. Avvalroq Bernardu Silvaning nomi avlodlar almashinuvi jarayonida klubdan ketishi kerak bo‘lgan o‘yinchilar ro‘yxatiga kiritilgan edi.
Yozda erkin agent maqomini oladigan o‘yinchiga Evropaning bir necha klublari da’vogar bo‘la boshladi. Ular yanvar oyidayoq muzokara boshlashga shay turibdi.
Gvardiola klub rahbariyatidan Bernarduni uzoq muddat jamoada olib qolishni so‘rayapti.
- Bernardu Silva futbolni chuqur tushunadigan o‘yinchi va bunaqalar juda kam. U loyihamizning asosiy figuralaridan. Silvani uzoq muddat olib qolish kerak, - dedi Pep Gvardiola.
Bernardu Silva “Manchester Siti”ga 2017 yili “Monako”dan 43 million funt evaziga olib kelingan. Hujumkor futbolchi ustozi Gvardiola qo‘l ostida 340 dan ziyod uchrashuvlarda ishtirok etib, o‘z hisobiga 60 tadan gol va assist yozdirib qo‘ygan.
31 yoshli o‘yinchiga ayni paytda “Benfika” va “Yuventus” kabi klublardan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqala boshladi.
Fikrlar