
"Manchester Siti" "Nyukasl" futbolchisiga yaxshi summa taklif qilayotgan bo‘lsa, klub himoyachini qo‘yib yubormoqchi emas
"Nyukasl" klubi yosh himoyachi Valentino Livramentoning "Manchester Siti"ga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka qat’iy bel bog‘ladi.
22 yoshli futbolchi "shaharliklar"ning yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi. Angliyaning mashhur "The Times" nashriga ko‘ra, "Siti" Livramento uchun 65 million funt taklif qilishga tayyor.
Shunga qaramay, jamoa uni qo‘yib yubormoqchi emas. Klub futbolchiga 6 yillik yangi shartnoma taklif qilish orqali uni jamoadagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchilardan biriga aylantirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Livramento "Nyukasl" safida umumiy 80 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar