
"Manchester Siti" ispaniyalik yarim himoyachiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
"Manchester Siti" Rodri uchun mavsum o‘z nihoyasiga etganidan keyin uning o‘rnini to‘ldirishga harakat qilmoqda. Jamoa radariga bir nechta yarim himoyachilar tushgan.
"Relevo" shaharliklar qishda "Real Sosedad"dan Martin Subimendini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga jiddiy harakat qiladi. Klub futbolchining 60 million evrolik tovon pulini to‘lashga ham tayyor.
Subimendi ushbu taklifni qabul qilishi mumkin. U yozda "Liverpul"ga ko‘chib o‘tishi ham mumkin edi. Ammo bu transfer barbod bo‘ldi va 26 yoshli ispanda hali ham top jamoa safida harakat qilish niyati yo‘q emas.
Ma’lumot uchun, "Evro-2024" g‘olibi ushbu mavsum "Real Sosedad" tarkibida 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar