"Manchester Siti" himoyachisi London klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 31 may, 2019, 10:12
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" xavbeki Fabian Delf jamoadan ketishga juda yaqin turibdi. Bu haqda Football Insider nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga qaraganda 29 yoshli futbolchining xizmatlariga "Vest Xem"dan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. O‘z navbatida “shaharliklar” ham uning boshqa jamoaga o‘tishiga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, Delf yakunlangan mavsum “Manchester Siti” safida 20ta o‘yinda maydonga tushdi va 1ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 15 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!