
"Manchester Siti" futbolchisi MLS klubidan taklif oldi
"Manchester Siti" darvozaboni Klaudio Bravo faoliyatini okean ortida, aniqrog‘i MLS muntazam chempionatida davom ettirishi mumkin.
ESPN nashri manbasiga ko‘ra, 36 yoshli chililik golkiper xizmatlariga "Nyu-York Siti" klubi qiziqish bildirmoqda. Unga ko‘ra, amerikaliklar Bravo uchun to‘rt yillik shartnoma taklif qilishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Manchester Siti"ga 2016-yilda "Barselona" safidan kelib qo‘shilgan va ortda qolgan davr mobaynida 29 ta o‘yinda maydonga tushgan.
Fikrlar