"Manchester Siti" "Barselona"ning etakchi futbolchisini sotib olish bo‘yicha ilk qadamni tashladi

  • 6 iyun, 2020, 22:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi "Barselona" yarim himoyachisi Serxi Robertoni qo‘lga kiritishga jiddiy bel bog‘ladi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "shaharliklar" 28 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi borasida “ko‘k-anor ranglilar”ga rasmiy taklif yuborishgan. Uning o‘zi esa faqatgina Gvardiola uchun “Barsa”ni tark etishga rozi ekanini bildirgan edi.

Serxi Roberto joriy mavsum kataloniyaliklar safida 29 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Transfer narxi esa 40 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!