
"Manchester Siti" - "Real Madrid". Mashhur saytlar bahs natijasini taxmin qildi
Evropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi doirasida "Manchester Siti" va "Real Madrid" jamoalari to‘qnash keladi.
Mazkur bahsga "Siti" mezbonlik qiladi. Legionerimiz Abduqodir Husanov turnir bellashuvlari uchun ro‘yxatdan o‘tkazildi va bugungi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Bir necha mashhur saytlar uchrashuvdagi taxminiy natijalarni e’lon qildi.
"90MIN" nashri mazkur bahsda "Real"ning g‘alabasiga ishonmoqda: "Manchester Siti" 2:3 "Real Madrid"
"Sportingnews" ham mehmonlarning zafar quchishini taxmin qilmoqda: "Manchester Siti" 1:3 "Real Madrid"
"Sports Mole" nashrining yozishicha bellashuvda kuchlar teng keladi: "Manchester Siti" 2:2 "Real Madrid"
Sports.uz sayti esa bugungi bellashuv 2:3 hisobida "Real" foydasiga hal bo‘lishini taxmin qilmoqda.
Fikrlar