
Koutino "Aston Villa" bilan shartnomasini bekor qildi
Braziliyalik yarim himoyachi Filippe Koutino "Aston Villa" bilan shartnomasini bekor qilishga rozi bo‘ldi. Bu haqida italiyalik insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Filippe va Birmingem klubi o‘rtasidagi shartnoma 2026 yilga qadar mo‘ljallangan. 32 yoshli futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun Braziliyaning "Vasko da Gama" varianti bor. Rio-de-Janeyro klubi sobiq futbolchisini ortga qaytarmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Koutino o‘tgan mavsumni Qatarning "Al-Duhail" klubida o‘tkazdi. U klub safida 22 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar