Mana shu 10 million funtni olib, tezroq ket!

  • 7 sentabr, 09:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya Premer-ligasining eng badavlat klublaridan hisoblangan “Chelsi” mamlakatning eng yorqin futbolchilaridan hisoblangan Rahim Sterling bilan tezroq xayrlashishga qaror qilgan.

Tecno

Ilgari “Liverpul” va “Manchester Siti” kabi grand klublarda porlagan hujumkor futbolchi 2022 yilning yozida “Chelsi”ga ko‘chib o‘tgan edi. Biroq mohir futbolchi London klubida talab darajasida o‘ynay olmadi.

“Chelsi” o‘tgan mavsumni Rahimni “Arsenal”ga ijaraga bergandi. Mikel Arteta qo‘l ostida 28 ta uchrashuvda ishtirok etgan 30 yoshli o‘yinchi atigi bitta gol urganidan keyin “kanonirlar” yozda uni ortga qaytarib yubordi.

Sterling hozir “Chelsi” bosh murabbiyi Entso Mareskaga ham kerak emas. Ammo u haftasiga 300 ming funt sterling maosh oladi va amaldagi shartnomasi 2027 yilning 30 iyunigacha davom etishi belgilangan.

Football Insider nashrining yozishicha, “aristokratlar” Sterling bilan shartnomani muddatidan oldin bekor qilmoqchi. Buning uchun klub o‘yinchiga 10 million funt sterling miqdorida kompensatsiya taklif qildi.

Bu echim Rahimga ham ma’qul kelishi mumkin. Chunki u erkin agent maqomini olsa, o‘ziga qiziqish bildirgan klublardan biriga borib qo‘shilish imkoniga ega bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!