
Maks Verstappen Niderlandiya Gran-prisi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
To‘rt karra jahon chempioni va "Red Bull" poygachisi Maks Verstappen 29-31 avgust kunlari Zandvoortda bo‘lib o‘tadigan Niderlandiya Gran-prisidan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi.
"Yozgi tanaffus muvaffaqiyatli o‘tdi, dam oldim, oilam va do‘stlarim bilan vaqt o‘tkazdim. Pozitiv kayfiyat bilan biz darhol Zandvoortga jo‘naymiz. Bu men uchun o‘ziga xos poyga, chunki bu men uchun uy poygasi. Ajoyib muhit, biz bu erda katta qo‘llab-quvvatlashni his qilamiz. Poygada "zarg‘aldoq dengiz"dan o‘tish juda ajoyib tuyg‘u, sabrim chidamaydi.
Niderlandiya Gran-prisi sharafiga men o‘lovrang shleni va maxsus poyabzal kiyaman. Zandvoort - o‘ziga xos konfiguratsiyaga va ko‘plab tez burilishlarga ega eski maktab trassasi. Poyga qiyin bo‘ladi, ob-havo hammasini murakkablashtirishi mumkin, ko‘ramiz, qanday bo‘larkin", - deya Verstappenning so‘zlarini keltirdi "Red Bull" matbuot xizmati.
Fikrlar