
Maks Verstappen Formula-1 tarixida rekord o‘rnatdi
"Red Bull" piloti Maks Verstappen Formula-1 rekordini o‘rnatdi. Italiya Gran-prisi saralash bosqichida aylanani 1:18.792 natija bilan bosib o‘tgan Verstappen aylanada o‘rtacha 264.682 km/soat tezlikni ko‘rsatdi.
Avvalgi rekord Italiya Gran-prisida ham o‘rnatilgan - o‘shanda "Mersedes" safida ishtirok etgan etti karra jahon chempioni Lyuis Xemilton saralash bosqichida 1:18.887 aylana vaqti ko‘rsatdi va o‘rtacha 264.362 km/soat tezlikka erishdi.
Eslatib o‘tamiz, bugungi poyganing birinchi qatorida Verstappen bilan "Maklaren" poygachisi Lando Norris uchrashadi. E’tiborlisi, Norris ham Xemiltonning avvalgi natijasini ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, Montsadagi poul pozitsiya 4 karra jahon chempioni uchun 45-si bo‘ldi. Shu tariqa, Maks "Red Bull"da eng ko‘p saralash bosqichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan pilotga aylandi. "Qizil buqalar" sobiq a’zosi Sebastian Vettel 44 martta poul pozitsiyaga ega chiqqan edi.
Fikrlar