
Magomed Ankalaev Xamzat Chimaev bilan jangga rozi bo‘ldi!
UFC ning yarim og‘ir vazn (93 kg) toifasida amaldagi chempioni Magomed Ankalaev chechenistonlik Xamzat Chimaevga qarshi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
"Xamzat 93 kg ga o‘tishi mumkinligini aytdi. Nazariy jihatdan u bilan jang qilamanmi? Bilmadim, men hali ham shu diviziondaman. Agar kimdir yuqoriga ko‘tarilib, kuch sinashmoqchi bo‘lsa, men doim tayyorman. Muammo yo‘q", — dedi rossiyalik "Sport24" YouTube kanaliga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ankalaev og‘ir vazn toifasiga o‘tish rejalari haqida ham ma’lum qilgan edi.
Fikrlar